Pop milliy tabiat bog'i
Introducing
Pop milliy tabiat bog‘i Qurama tog‘ tizmasining sharqiy-shimoliy qismida tog‘ tizmasining o‘rta va baland tog‘ zonasida joylashgan. Dengiz sathidan 1200-4033 metr balandlikda Qandig‘on va Pashshaxona soy qo‘shilish nuqtasidan boshlanadi. Namangan viloyati Pop tumani hududida joylashgan bo‘lib, shimol sharq va g‘arb tomonlardan Pop iqtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi yerlari bilan, janubdan axoli punkutlari bilan chegaradosh.
Umumiy maydoni 10000.0 gektar bo‘lib, qo‘riqlash zonasi 6000.0 gektar, rekratsiya zonasi 3000.0 gektar, xo‘jalik zonasi 1000.0 gektarni tashkil etadi.
Pop milliy tabiat bog‘i xorijiy va mahalliy sayyohlarni o‘ziga rom etadigan ekoturizm maskanlari va bir qancha madaniy meros obyektlari mavjud.
Tabiiy sharoiti: Hudud paleozoy erasidayoq tektonik botiq sifatida tarkib topgan. Adirlar zaminida asosan bo‘r davrining jinslari tarqalgan.
“Pop milliy tabiat bog‘i”ning maydoni solishtirib bo‘lmas geografik tarmoqqa ega. Milliy bog‘ning chegarasida joylashgan barcha soylarning jilg‘alari Chodaksoyga quyiladi va Chodaksoydan Sirdaryoga quyiladi. Milliy bog‘ hududida Oydinko‘l nomli tabiiy ko‘l mavjud. Ko‘l asosan tog‘larning yuqori qismidagi qorlar va muzliklarning erishidan hosil bo‘lgan va yil fasllariga qarab suv sathi o‘zgarib turadi. Pop milliy tabiat bog‘i Pashshaxona soy, G‘ayinlik soy, Qatiqko‘l soy, Bo‘rixona soy, Sangsaloqsoy, Chega soy, Sharshar soy, Maydon soy, Olmaliq soy, Indigon soy, Qandig‘on soy, Tavat soy, Katta ovushxon soy, Kichik ovushxon soy, Chaqatikan soy, Toshloq soy, O‘rilik soylardan iborat.
Qo‘riqxona hududidagi aksariyat soylar ulkan cho‘qqilar tepasida yig‘ilgan qorlar va yomg‘irlar xamda tog‘ yonbag‘irlarida joylashgan chashmalardan oqib tushgan.
Florasi: Tog‘ mintaqasi 1200-1300 m dan 2800 m gacha bo‘lgan balandlikda yaxshi rivojlangan. Bu mintaqada qoratikan, naʼmatak, do‘lana o‘suvchi butazor, archazor va bargini to‘kadigan tog‘ o‘rmonlari mavjud. Yaylov mintaqasi 2700-2800 m dan doimiy qorlik va muzliklargacha bo‘lgan oraliqda bo‘lib, uning quyi qismini subalp, yuqori qismini alp o‘tloqlari egallagan.
Faunasi: Milliy bog‘da 200 ga yaqin umurtqasiz hayvonlar, 20 dan ortiq tur sut emizuvchilar, 100 ga yaqin qushlar turi, 10 dan ortiq sudralib yuruvchilar, 2 tur suvda va quruqlikda yashovchi, 3 tur baliqlar sinfiga mansub bo‘lgan hayvonlar uchraydi. Ulardan 1 tur sutemizuvchilar, 9 tur qushlar O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.
Ekoturizm maskanlari: Hududning katta qismi - qoyalar va shag‘allar bilan qoplangan. Umuman olganda, turli xil ekotizimlarning murakkab mozaikasi mavjud.
Tekislik va tog‘lar orasidagi o‘tish zonasini tog‘oldi yarim cho‘lning ekotizimlari egallaydi. Tog‘li dashtlar turli xil o‘tloqli o‘simliklar bilan qoplangan. Kserofitik tog‘ butalari Pop MTBning deyarli butun hududida va muhofaza zonaning yuqori qismida keng tarqalgan.
Tog‘li o‘rmonlar – Pop MTBda archa va keng bargli daraxtlar o‘rmonzorlarni hosil qiladi.
O‘rmonning pastki chegarasi 800-1000 metr, yuqori chegara 2500m. balandliklar bilan belgilanadi. Tog‘li o‘rmonlarning ekotizimlari yuqori himoya va yem-xashak resurslariga ega, shuning uchun bu yerda fauna juda xilma-xildir.
Qo‘riqxona atrofiga yaqin mehmonxona. Pop tuman Yuqori chodakboshi maxallasi hududida “Davr” mexmonxonasi joylashgan.
Milliy bog‘ viloyat markazidan 240-250 km, tuman markazidan 70-80 km masofa uzoqlikda joylashgan.
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Namangan viloyati, Pop tumani Chodak q, Boyon MFY Bo‘chiyon ko‘chasi 401 uy
